Ch'OLPONNING "KECHA VA KUNDUZ"RAMANINING MILLIY REALIYALARNI TARJIMADA AKS ETTIRISH VA ULARNI TARJIMA QILISH USULLARI
##semicolon##
oila, gender tengsizlik, ta'lim, ijtimoiy tengsizlik, hokimiyat, inson harakteri##article.abstract##
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiklay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalarda, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi... Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi.
Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?