O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

##article.authors##

  • Tadjibayev Omadbek Ashuraliyevich ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

  Bozorlar globallashuvi va dunyo aholisi o‘sishi davom etar ekan, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj oshib, ta’minoti ham murakkablashib boraveradi. Har bir mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini tartibga solish bo‘yicha o‘z tartiblari, qonunlari va amaliyotini belgilaydi. Bu qoidalar boshqa davlat va mintaqalar talablaridan farq qilishi mumkin. Demak, mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish oziq-ovqat xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunlariga qat’iy rioya qilishni talab etadi.

  Oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi har doim keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq. Shu bois, mamlakatimizda dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish sifatini sezilarli darajada yaxshilash, aholi salomatligi uchun ko‘plab xavf omillarini kamaytirish imkonini beradigan bir qator muhim chora-tadbirlar qabul qilindi.

##submissions.published##

2024-12-11