O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Mualliflar

  • Tadjibayev Omadbek Ashuraliyevich ##default.groups.name.author##

Abstrak

  Bozorlar globallashuvi va dunyo aholisi o‘sishi davom etar ekan, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj oshib, ta’minoti ham murakkablashib boraveradi. Har bir mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini tartibga solish bo‘yicha o‘z tartiblari, qonunlari va amaliyotini belgilaydi. Bu qoidalar boshqa davlat va mintaqalar talablaridan farq qilishi mumkin. Demak, mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish oziq-ovqat xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunlariga qat’iy rioya qilishni talab etadi.

  Oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi har doim keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq. Shu bois, mamlakatimizda dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish sifatini sezilarli darajada yaxshilash, aholi salomatligi uchun ko‘plab xavf omillarini kamaytirish imkonini beradigan bir qator muhim chora-tadbirlar qabul qilindi.

Nashr qilingan

2024-12-11

##submission.howToCite##

Tadjibayev Omadbek Ashuraliyevich. (2024). O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNING USTUVOR YO‘NALISHLARI. PEDAGOGS, 71(2), 97-100. https://scientific-jl.org/ped/article/view/5524