MAVZU: DEZINFEKSIYA TURLARI VA USULLARI
Abstract
Dezinfeksiya (dezinfeksiya infeksiya), yuqumsizlantirish—yuqumli kasalliklarni
qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yoʻq qilish.
Keng maʼnodagi dezinfeksiyaga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni
yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham
kiradi. Profilaktik, kundalik, yakunlovchi dezinfeksiya boʻladi.Profilaktik dezinfeksiya
yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida uy anjomlari, idish-tovoklarni, jamoat
toʻplanadigan joylar (bozor, doʻkon, bolalar muassasasi, hammom, oshxona, transport
va boshqalar)ni, tashlandilarni muntazam ravishda yuqumsizlantirishdir. Suvni
yuqumsizlantirish, sutni pasterizatsiya qilish ham profilaktik dezinfeksiyaga kiradi.
Bemor yotgan uyda uzluksiz kundalik dezinfeksiya oʻtkaziladi. Yakunlovchi (oxirgi)
dezinfeksiya bemor kasalxonaga yotqizilganidan, sogʻayib ketganidan yoki vafot
etganidan keyin amalga oshiriladi. Dezinfeksiyada mexanik, fizik va kimyoviy
vositalar qoʻllanadi.Bino va undagi buyumlarni hoʻl latta bilan tozalash, kiyim-kechak
va koʻrpa-yostiqni qoqish, chang soʻrgich bilan tozalash, binoni oklash, boʻyash va
boshqa mexanik vositalarga kiradi. Kiyim-kechak va binolar shu yoʻl bilan 50— 75%
mikroblardan xalos boʻladi.
References
Asosiy adabiyotlar
1. Muxamedov I.M. va boshq. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i
immunologiya. Darslik. Toshkent. 2011 y.
2. Aliev Sh.R., Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. “Mikrobiologiyadan laboratoriya
mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma”. Toshkent. 2013y.
3. Qurbonova S.Y. “Mikrobiologiya va immunologiyadan amaliy mashg‘ulotlariga
doir qo‘llanma”. Toshkent, 2015 y.
Internet saytlari
- http://www.rusmedserv.com/mycology/html/jornals.html
- www.medlook.ru
- www.medkniga.ru
- www.bilim.uz;
- www.gov.uz;