MAVZU: DEZINFEKSIYA TURLARI VA USULLARI

##article.authors##

  • Sodiqova Jamilaxon Soipovna ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

 
Dezinfeksiya (dezinfeksiya  infeksiya), yuqumsizlantirish—yuqumli  kasalliklarni 
qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar,  viruslar  va  boshqalar)ni  yoʻq  qilish. 
Keng  maʼnodagi  dezinfeksiyaga  odam  bilan hayvonlar uchun  zararli  hasharotlarni 
yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham 
kiradi. Profilaktik, kundalik, yakunlovchi dezinfeksiya boʻladi.Profilaktik dezinfeksiya 
yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida uy anjomlari, idish-tovoklarni, jamoat 
toʻplanadigan joylar (bozor, doʻkon, bolalar muassasasi, hammom, oshxona, transport 
va  boshqalar)ni,  tashlandilarni  muntazam  ravishda  yuqumsizlantirishdir.  Suvni 
yuqumsizlantirish,  sutni  pasterizatsiya  qilish  ham  profilaktik  dezinfeksiyaga  kiradi. 
Bemor yotgan uyda uzluksiz kundalik dezinfeksiya oʻtkaziladi. Yakunlovchi (oxirgi) 
dezinfeksiya  bemor  kasalxonaga  yotqizilganidan,  sogʻayib  ketganidan  yoki  vafot 
etganidan  keyin  amalga  oshiriladi.  Dezinfeksiyada  mexanik,  fizik  va  kimyoviy 
vositalar qoʻllanadi.Bino va undagi buyumlarni hoʻl latta bilan tozalash, kiyim-kechak 
va koʻrpa-yostiqni qoqish, chang soʻrgich bilan tozalash, binoni oklash, boʻyash va 
boshqa mexanik vositalarga kiradi. Kiyim-kechak va binolar shu yoʻl bilan 50— 75% 
mikroblardan xalos boʻladi. 

##submission.citations##

Asosiy adabiyotlar

1. Muxamedov I.M. va boshq. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i

immunologiya. Darslik. Toshkent. 2011 y.

2. Aliev Sh.R., Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. “Mikrobiologiyadan laboratoriya

mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma”. Toshkent. 2013y.

3. Qurbonova S.Y. “Mikrobiologiya va immunologiyadan amaliy mashg‘ulotlariga

doir qo‘llanma”. Toshkent, 2015 y.

Internet saytlari

- http://www.ziyonet.uz

- http://www.microbiology.ru

- http://immunology.ru

- http://www.rusmedserv.com/mycology/html/jornals.html

- www.medlook.ru

- www.medkniga.ru

- www.bilim.uz;

- www.gov.uz;

##submission.downloads##

##submissions.published##

2025-01-17