CHIZIQCHA BILAN YOZISH. AJRATIB YOZISH VA QO’SHIB YOZISH

Authors

  • Qodirova Nilufar Botiraliyevna Author

Abstract

Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo’shib yozish: 
Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo’shib yozish chiziqcha bilan yozish 
Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-
kunduz,  qing‘ir-  qiyshiq;  tog‘-tog‘,  sekin-tez  kabi.  Juft  so‘zlar  orasida  -u,  -yu 
yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha  bilan ajratib yoziladi: erta-yu 
kech,  osh-u  non,  oy-u  quyosh,  bola-yu  chaqa  kabi.  Qop-qora,  yam-yashil,  to‘ppa-
to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. Uyma-uy, oyma-oy, dam-
badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan 
yoziladi.  -mi,  -gina  (-kina,-qina),  -oq  (-yoq)  yuklamalaridan  tashqari  barcha  affiks 
yuklamalar  chiziqcha  bilan  yoziladi:  sen-chi,  biz-a,  keldi-da,  ukasi-ku  kabi.  Tartib 
sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-
mart. Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob. Ajratib yozish  
Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib 
chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi. Har, kech, bir, u, 
shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, 
hech  narsa,  bir  zum,  bu  yerda,  o‘sha  joyda,  hamma  vaqt  kabi.  Ko‘makchilar  o‘zi 
bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon. Eslatma: 
bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: 
onam-la, sen-chun singari. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang, 
jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi. Qo‘shma sonlar 
ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo. Yildan 
yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. Nuqtayi nazar, 
tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. 

Published

2025-01-07

How to Cite

Qodirova Nilufar Botiraliyevna. (2025). CHIZIQCHA BILAN YOZISH. AJRATIB YOZISH VA QO’SHIB YOZISH . TADQIQOTLAR.UZ, 53(3), 90-92. https://scientific-jl.org/tad/article/view/9031