CHIZIQCHA BILAN YOZISH. AJRATIB YOZISH VA QO’SHIB YOZISH
##article.abstract##
Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo’shib yozish:
Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo’shib yozish chiziqcha bilan yozish
Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-
kunduz, qing‘ir- qiyshiq; tog‘-tog‘, sekin-tez kabi. Juft so‘zlar orasida -u, -yu
yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu
kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu chaqa kabi. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-
to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. Uyma-uy, oyma-oy, dam-
badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan
yoziladi. -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks
yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi. Tartib
sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-
mart. Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob. Ajratib yozish
Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib
chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi. Har, kech, bir, u,
shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim,
hech narsa, bir zum, bu yerda, o‘sha joyda, hamma vaqt kabi. Ko‘makchilar o‘zi
bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon. Eslatma:
bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi:
onam-la, sen-chun singari. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang,
jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi. Qo‘shma sonlar
ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo. Yildan
yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. Nuqtayi nazar,
tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.