KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QILINGAN ISLOHOTLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kichik biznes, tadbirkorlik, loyiha, davlat, subyekt, biznes, rivojlanish, xususiy tadbirkorlikAbstract
Annotatsiya: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi
bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi
yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini
oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar
yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi
31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida
ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi
daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar
hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy
yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni
yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu
jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki
barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan
kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli
darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng
miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
References
Adabiyotlar
1. M.P. BOLTABAYEV, M .S. QOSIMOVA, B.K. G‘OYIBNAZAROV, “Kichik
biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2011-yil
2. SH.J. ERGASHXODJAYEVA, A.N. SAMADOV, Sh.I. OTAJONOV “Kichik
biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2011-yil
3. D. Suyunov, M. Yusupov “Kichik biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2018-yil
4. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/29/NamDU-ARM
5. https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2265/18655