KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QILINGAN ISLOHOTLAR

Авторы

  • Bo’riyeva Zumrad Nabiyevna Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Kichik biznes, tadbirkorlik, loyiha, davlat, subyekt, biznes, rivojlanish, xususiy tadbirkorlik

Аннотация

Annotatsiya: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi 
bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi 
yaratilganini  qayd  etish  zarur.  O‘rta  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  mamlakat 
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini 
oshirishning  muhim  omili  bo‘lgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal 
rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar 
yaratildi. 

Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 
31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida 
ish  bilan  band  aholi  umumiy  sonining  49,7  foizidan  74,5  foizigacha  oshdi.  Aholi 
daromadlarining  47  foizdan  ziyodi  tadbirkorlik  faoliyatidan  tushgan  daromadlar 
hissasiga to‘g‘ri keladi. 
“Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yili”  Davlat dasturiga muvofiq,  joriy 
yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni 
yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu 
jarayon  yanada  ochiqlik  kasb  etdi.  Ro‘yxatga  olish  uchun  davlat  boji  stavkasi  ikki 
barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan 
kichik  korxonalar  shug‘ullanishi  mumkin  bo‘lgan  faoliyat  turlari  ro‘yxati  sezilarli 
darajada  kengaytirildi. Kichik biznes  subyektlarini  davlat xaridlari  jarayoniga keng 
miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi. 

Библиографические ссылки

Adabiyotlar

1. M.P. BOLTABAYEV, M .S. QOSIMOVA, B.K. G‘OYIBNAZAROV, “Kichik

biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2011-yil

2. SH.J. ERGASHXODJAYEVA, A.N. SAMADOV, Sh.I. OTAJONOV “Kichik

biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2011-yil

3. D. Suyunov, M. Yusupov “Kichik biznes va tadbirkorlik” Toshkent 2018-yil

4. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/29/NamDU-ARM

5. https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2265/18655

Опубликован

2024-12-19

Как цитировать

Bo’riyeva Zumrad Nabiyevna. (2024). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QILINGAN ISLOHOTLAR . TADQIQOTLAR.UZ, 52(4), 153-156. https://scientific-jl.org/tad/article/view/6349