BIOLOGIK ERITMALARNING OSMOTIK VA ONKOTIK BOSIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Authors

  • Xojiyeva Xayitxon Tolipovna Author

Abstract

 
Osmos (yun. osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi 
orasiga  yoki  konsentratsiyasi  turlicha  boʻlgan.  2  eritma  orasiga  qoʻyilgan  yarim 
oʻtkazgichli parda orqali oʻtishi hodisasi. Erituvchi (mas, suv) Osmos tufayli suyuqroq 
eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni 
yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-
yilda A. Nolle kuzatgan. Nolle tubi mol pu-fagi bilan bekitilgan shisha nayga kand 
eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orkali suv 
kirib, naydagi suyuqlik koʻtarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga oʻtishi maʼlum 
bosim  (osmotik  bosim)  tufayli  sodir  boʻladi.  Suyukdik  nayda  maʼlum  balandlik-ka 
qadar  koʻtariladi;  naydagi  suyuklikning  gidrostatik  bosimi  osmotik  bosimga 
tenglashea,  suyuqlik  koʻtarilishdan  toʻxtaydi.  Bu  balandlikning  kattaligi  osmotik 
bosimning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi. Osmos hajmi cheklangan suyuqlikning ichki 
tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, endosmos, tashqi tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, ekzosmos 
deyiladi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.T.Tursunov, N.R.Buronova, F.Beknazarov “Tibbiy biofizika” Toshkent, “Ilm

Ziyo” nashriyoti, 2005 yil.

2. E.Ismoilov, N.Mamatkulov, E.Xodjaeva, N.Norboev.“Biofizika” 2013 yil

3. A.I.Essaulova, M.E.Bloxina, L.D.Gonsov “Rukovodtvok laboratornыm rabotam

po meditsinskoy i biologicheskoy fizike” Moskva, izdatelstvo “Vыsshaya shkola”,

1987 g

4. A.N.Remizov, N.X.Isakova, G.M.Maksina “Sbornik zadach po meditsinskoy i

biologicheskoy fizike”. Moskva, izdatelstvo “Vыsshaya shkola”, 1987 g

5. M.M.Kosimov “Nazariy biofizika asoslari.” Toshkent,Universitet, 2006, 220 b.

Published

2024-12-22

How to Cite

Xojiyeva Xayitxon Tolipovna. (2024). BIOLOGIK ERITMALARNING OSMOTIK VA ONKOTIK BOSIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA . TADQIQOTLAR.UZ, 52(3), 152-157. https://scientific-jl.org/tad/article/view/7955