BIOLOGIK ERITMALARNING OSMOTIK VA ONKOTIK BOSIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Аннотация
Osmos (yun. osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi
orasiga yoki konsentratsiyasi turlicha boʻlgan. 2 eritma orasiga qoʻyilgan yarim
oʻtkazgichli parda orqali oʻtishi hodisasi. Erituvchi (mas, suv) Osmos tufayli suyuqroq
eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni
yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-
yilda A. Nolle kuzatgan. Nolle tubi mol pu-fagi bilan bekitilgan shisha nayga kand
eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orkali suv
kirib, naydagi suyuqlik koʻtarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga oʻtishi maʼlum
bosim (osmotik bosim) tufayli sodir boʻladi. Suyukdik nayda maʼlum balandlik-ka
qadar koʻtariladi; naydagi suyuklikning gidrostatik bosimi osmotik bosimga
tenglashea, suyuqlik koʻtarilishdan toʻxtaydi. Bu balandlikning kattaligi osmotik
bosimning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi. Osmos hajmi cheklangan suyuqlikning ichki
tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, endosmos, tashqi tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, ekzosmos
deyiladi.
Библиографические ссылки
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.T.Tursunov, N.R.Buronova, F.Beknazarov “Tibbiy biofizika” Toshkent, “Ilm
Ziyo” nashriyoti, 2005 yil.
2. E.Ismoilov, N.Mamatkulov, E.Xodjaeva, N.Norboev.“Biofizika” 2013 yil
3. A.I.Essaulova, M.E.Bloxina, L.D.Gonsov “Rukovodtvok laboratornыm rabotam
po meditsinskoy i biologicheskoy fizike” Moskva, izdatelstvo “Vыsshaya shkola”,
1987 g
4. A.N.Remizov, N.X.Isakova, G.M.Maksina “Sbornik zadach po meditsinskoy i
biologicheskoy fizike”. Moskva, izdatelstvo “Vыsshaya shkola”, 1987 g
5. M.M.Kosimov “Nazariy biofizika asoslari.” Toshkent,Universitet, 2006, 220 b.