QARIYALARDA ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARI (QANDLI DIABET) NI KECHISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Аннотация
Qandli diabet, qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar
almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq
tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor
beradi. "Suv qanday ichilgan boʻlsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning koʻp
suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi.
Davolarga toʻxtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol,
nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, yaʼni bemorni hoʻlla, sovut",
deydi. Bu — kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini
bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin.
Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chikib turadi
(tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi
va boshqalar alomatlar kuzatiladi.
Библиографические ссылки
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. NasriddinovaN. N. Qariyalarda quloq va yuqori nafas yo‘llari faoliyati
buzilishi. Shifo-Info,2014.
2. Nasriddinova N. N. Qariyalarda surunkali gastritning kechishi. Shifo-Info, 2014.
3. ZiyayevaM. F. , XodjashevaM. D. Qariylarda hamshiralik parvarishi. T. : Niso
Poligraf,2017.
4. ArslonovY. I. , Nazarov T. A. Ichki kasalliklar. T. : Ilm –Ziyo,2013