INGLIZ TILIDAGI TASHQI IJTIMOIY REKLAMALARDA ATTRAKTIV VA PERSUAZIV USULLARNI QO‘LLANISHI

Авторы

  • Baxadirov Jaxangirmirzo Abdumajitovich Автор

Аннотация

Qayd etish lozimki, ijtimoiy reklamada attraktiv va persuaziv usullarni qo‘llash 
ko‘pincha dunyo haqidagi bilimlarni kognitiv, ya’ni aqliy bilish prinsiplariga muvofiq 
tashkil etishga asoslangan. Shuning uchun “usul” so‘zi shartli termin bo‘lib, u o‘zida 
maqsadli auditoriyaga munosabatni bildirishdan ko‘ra ko‘proq voqelikni idrok etish 
prinsiplari xususiyatlarini mujassam etgan bo‘ladi. Diqqat-e’tiborni jalb etish bo‘yicha 
bir qator usullar odatiy his-tuyg‘u va tasavvurlarni qo‘llash va shuningdek, tasvirga 
axborotni  ilova  qilish  bilan  bog‘liqdir.  Masalan,  reklamada  ogohlantiruvi  ishorani 
ishlatish  axborot  oluvchiga  tasvirga  matn  ilova  qilishdan  ko‘ra  tezroq  ta’sir  qilishi 
mumkin.  Hayotiy  tajribaga  ko‘ra  inson  gavdasining  holati,  uning  yuz-ko‘zi  doim 
ma’lum bir axborotni o‘zida mujassam etgan bo‘ladi va albatta kishi diqqatini o‘ziga 
tortmay  qolmaydi.  So‘z  ishlatilmay  ifoda  etiladigan  axborotni  ko‘proq  suhbat 
davomida inson nigohi orqali  yetkazish mumkin. Psixologlarning maxsus tadqiqotlari 
natijalari  portret  va  fotosuratlarni  ko‘zdan  kechirishda  insonning  nigohi  birinchi 
navbatda unda aks etgan odam ko‘ziga tushishini ko‘rsatgan. Aynan shuning uchun 
ko‘zning tasviri (xatto bir ko‘zning tasviri ham) – e’tiborni jalb etishning eng samarali 
usullaridan biri hisoblanadi.  
 

Библиографические ссылки

1. Олянич, А.В. Презентационная теория дискурса: Монография / А.В. Олянич.

– Волгоград: Парадигма, 2004. – 507 с.

2. Карасик, В.И. Языковая спираль: ценности, знаки, мотивы / В.И. Карасик. –

Волгоград: Парадигма, 2015. – 431 с.

3. Липпман, У. Общественное мнение / Пер. с англ. Т.В. Барчуновои. — М.:

Институт Фонда «Общественное мнение», 2004. – 384 с.

4. Липпман, У. Общественное мнение / Пер. с англ. Т.В. Барчуновои. — М.:

Институт Фонда «Общественное мнение», 2004. – 384 с.

Опубликован

2024-12-09

Как цитировать

Baxadirov Jaxangirmirzo Abdumajitovich. (2024). INGLIZ TILIDAGI TASHQI IJTIMOIY REKLAMALARDA ATTRAKTIV VA PERSUAZIV USULLARNI QO‘LLANISHI . TADQIQOTLAR.UZ, 51(5), 9-13. https://scientific-jl.org/tad/article/view/8020