INGLIZ TILIDAGI TASHQI IJTIMOIY REKLAMALARDA ATTRAKTIV VA PERSUAZIV USULLARNI QO‘LLANISHI
Abstrak
Qayd etish lozimki, ijtimoiy reklamada attraktiv va persuaziv usullarni qo‘llash
ko‘pincha dunyo haqidagi bilimlarni kognitiv, ya’ni aqliy bilish prinsiplariga muvofiq
tashkil etishga asoslangan. Shuning uchun “usul” so‘zi shartli termin bo‘lib, u o‘zida
maqsadli auditoriyaga munosabatni bildirishdan ko‘ra ko‘proq voqelikni idrok etish
prinsiplari xususiyatlarini mujassam etgan bo‘ladi. Diqqat-e’tiborni jalb etish bo‘yicha
bir qator usullar odatiy his-tuyg‘u va tasavvurlarni qo‘llash va shuningdek, tasvirga
axborotni ilova qilish bilan bog‘liqdir. Masalan, reklamada ogohlantiruvi ishorani
ishlatish axborot oluvchiga tasvirga matn ilova qilishdan ko‘ra tezroq ta’sir qilishi
mumkin. Hayotiy tajribaga ko‘ra inson gavdasining holati, uning yuz-ko‘zi doim
ma’lum bir axborotni o‘zida mujassam etgan bo‘ladi va albatta kishi diqqatini o‘ziga
tortmay qolmaydi. So‘z ishlatilmay ifoda etiladigan axborotni ko‘proq suhbat
davomida inson nigohi orqali yetkazish mumkin. Psixologlarning maxsus tadqiqotlari
natijalari portret va fotosuratlarni ko‘zdan kechirishda insonning nigohi birinchi
navbatda unda aks etgan odam ko‘ziga tushishini ko‘rsatgan. Aynan shuning uchun
ko‘zning tasviri (xatto bir ko‘zning tasviri ham) – e’tiborni jalb etishning eng samarali
usullaridan biri hisoblanadi.
##submission.citations##
1. Олянич, А.В. Презентационная теория дискурса: Монография / А.В. Олянич.
– Волгоград: Парадигма, 2004. – 507 с.
2. Карасик, В.И. Языковая спираль: ценности, знаки, мотивы / В.И. Карасик. –
Волгоград: Парадигма, 2015. – 431 с.
3. Липпман, У. Общественное мнение / Пер. с англ. Т.В. Барчуновои. — М.:
Институт Фонда «Общественное мнение», 2004. – 384 с.
4. Липпман, У. Общественное мнение / Пер. с англ. Т.В. Барчуновои. — М.:
Институт Фонда «Общественное мнение», 2004. – 384 с.