MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA ME’MORIY OBIDALAR
##article.abstract##
Markaziy Osiyoda temuriylar davlatida Mirzo Ulug’bekning boshqaruvi
davrida, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Buyuk vatandoshimiz, yirik davlat arbobi, donishmand hukmdor, zukko astronom va
matematik, ulug‘ bunyodkor Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekning hayot yo‘li va
faoliyati hamisha xalqimiz e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Hozirga qadar allomaning
benazir faoliyati tadqiq qilinmoqda.
Ulug‘bek Samarqandda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ham ilm-fan bilan
astoydil shug‘ullanadi. U asos solgan ilmiy akademiyasi, rasadxonasida ko‘p
tadqiqotlar o‘tkaziladi. Shu bilan birga uning hayotligida Samarqand, Buxoro va
G‘ijduvonda qurdirgan madrasalari temuriylar saltanatining ulug‘ inshootlaridan
hisoblanadi.
Amir Temur avlodlari ajdodlari boshlab bergan ishni davom ettirib,
Movarounnahr va Xurosonda qator madrasalar barpo ettirganlar. Hususan, Ulug‘bek
Movarounnahrni butun musulmon mamlakatlarining ilmiy markaziga aylantirishga
harakat qildi. Amir Temur zamonida olib borilgan qurilish ishlari Ulug‘bek
hukmronlik qilgan davrda ham keng ko‘lamda davom ettirildi[1, B. 117]. Uning eng
hayrli ishlaridan biri uchta shahar – Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda madrasalar
barpo ettirganidir.
##submission.citations##
Adabiyotlar:
1. Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Т.: Ўқитувчи, 1993.
2. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: Фан, 2019.
3. Хошимов С.А., Расулов Б.Р., Ҳакимов А.А. Манбашунослик. Ўқув
қўлланма, Тошкент, 2014.
4. Аҳмедов А. Улуғбек: ҳаёти ва фаолияти(1391-1449). – Т.: Фан, 1991.
5. Амир Темур в мировой истории. – Ташкент, «Шарқ», 1996.
6. Иноятов С. Мирзо Улуғбек назари тушган қадимий маскан.
7. «Темурийлар тарихига оид манбалар: тавсиф, таржима, тадқиқот» мавзуида
ўтказилган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. 2009
йил 20 октябрь. 5-китоб. Тошкент, «Akademnashr», 2011.
8. Бартольд В.В. сочинения. Том III. Издательство «Наука», Москва, 1965.
9. Бабаханов М., Маҳкамова С. Педагогические взгляды Мирзо Улугбека.
10. «Амир Темур ва темурийлар даврида илм-фан ва маданият» мавзуида
ўтказилган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. 2011
йил 28 октябрь. 6-китоб. Тошкент, «Akademnashr», 2013.