IJTIMOIY INSTITUTLARNING O‘RNI VA KELIB CHIQISHI
##article.abstract##
Hozirgi o‘zgarishlar jarayonida ta’lim tizimida chuqur islohotlarni amalga
oshirish imkoniyati yaratildi. Bu islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
ta’limning tub maqsadi va mohiyatining o‘zgarib borishi, uning aholi talab-
ehtiyojlarini qondirishga qaratilayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
jarayonlarning eng muhim tomonlaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi va ta’lim
tizimining insoniylashuvi ( gumanizatsiyalashuvi ) dan iborat. Bugungi kunda
davlatimiz ta’lim tizimidagi professor- o‘qituvchilar va talabalarni dunyoviy, zamon
talablariga javob beradigan ijtimoiy-gumanitar bilimlarni egallashga yo‘naltirmoqda.
Ijtimoiy institutlar-bu odamlarning birgalikdagi hayotini tashkil etish va tartibga
solishning tarixan o‘rnatilgan barqaror shakllari. Bu huquqiy jihatdan
mustahkamlangan ijtimoiy aloqalar va munosabatlar tizimi. Ularni birlashtirish
jarayoni va natijasi atama bilan belgilanadi “ institutsionalazatsiya ”. Masalan nikohni
institutsionalizatsiya qilish va boshqalar haqida gapirish mumkin.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ta’lim muommolari ilmiy-uslubiy jurnal 4- son Toshkent, 2004-yil
2. Xalq so‘zi 2013-yil 19-yanvar.
3. A Sh. Bekmurodov. Z.Y. Karimov – Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohatlar
va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish Toshkent -2013-yil